Huawei 1
O‘zbekistonning davlat qarzi qariyb 35 mlrd dollarga yetdi

2024-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning davlat qarzi o‘tgan yil davomida 5,7 milliard dollarga ko‘payib, 34,9 milliard dollarga yetdi. Bu kutilgan ko‘rsatkichdan (32,1 milliard dollar) 2,8 milliard dollarga ko‘proq.

Tashqi qarz davlat va xususiy qarzlardan iborat. Yangilikda gap davlat qarzi haqida boradi. Shu bilan birga, taʼkidlash joizki, “xususiy” sektorda asosan davlat ulushga ega bo‘lgan kompaniyalar va banklar ifodalanadi (davlat bank sektorining 68 foizga yaqin ulushiga ega, shuningdek, 2019−2021-yillarda jami 2 milliard dollarlik qarzdorlik qog‘ozlarini muomalaga chiqargan UzAuto Motors va “O‘zbekneftgaz”, O‘zmilliybank, “O‘zsanoatqurilishbank”ning egasi yoki egalaridan biri hisoblanadi).

Davlat tashqi qarzi 2023-yilda 3,73 milliardga oshib, 29,64 milliard dollarni tashkil etgan (YAIMning 32,6 foizi). Bu mablag‘ning 23,91 milliard dollari hukumat nomidan jalb qilingan, 5,72 milliard dollari esa O‘zbekiston tomonidan kafolatlangan.

Davlat ichki qarzi 1,97 milliard dollarga oshib, 5,29 milliard dollarni tashkil etgan (YAIMning 5,8 foizi). Shundan 1,78 milliard dollar (21,9 trillion so‘m) davlat qimmatli qog‘ozlari, 3,51 milliard dollari davlat tomonidan kafolatlangan ichki qarzdir.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72716 | Инструменты