Oltin quyma va esdalik tangalar narxi 16 may, payshanba kuni yangi maksimal darajaga yetdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
Og‘irligi 5 gramm bo‘lgan oltin quyma hozirda 5,04 million so‘mga baholanmoqda. Bir grammning narxi 1 008 040 so‘m yoki o‘tgan kunga nisbatan 1,8 foizga qimmat.
Qimmatbaho metallning bir grammi bundan salkam bir oy avval — 17-aprelda 1 million so‘mdan oshib ketgandi. O‘zbekistonda yil boshidan buyon oltin narxi 18,9 foizga oshdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110104 | Инструменты