Ayni daqiqalarda Markaziy bank Boshqaruvining navbatdagi yigʻilishi yakunlariga bagʻishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tmoqda.
Yig'ilishda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov 2024-yilda umumiy inflatsiya 8-9 foiz oralig'ida bo'lishi prognoz qilinayotganini ma'lum qildi.
"2024-yilda inflatsiya darajasi 8-9 foiz atrofida bo'lishi prognoz qilinmoqda. Inflatsiyani mazkur jarayonda bo'lishini ta'minlash uchun biz 2024-yilda ham nisbatan qat'iy pul kirish sharoitlari, pul-kredit sharoitlarini qattiq fazada saqlab qolishga harakat qilamiz. 2024-yilda inflatsiyaning prognozi qayta yangilanishi va mos ravishda pul-kredit sharoitlariga o'zgartirish kiritiladi. Ya'ni, har xil kommunal xizmatlari aholiga bo'lgan tarif va narxlarni kelgusida qaysi darajada o'zgarishiga qarab turib, biz inflatsiya prognozini qayta yangilashni o'z oldimizga maqsad qilib qo'yganmiz. Chunki biz bu o'zgarishlarga nisbtan davriy axborotga ega bo'lmaganligimiz uchun, bu narsani hozir amalga oshira olmaymiz.
Shuningdek, 2024-yilda pul-kredit sohasidagi qarorlarni ustuvor ravishda bazaviy inflatsiyani pasaytirishga qaratmoqchimiz. O'z navbatida, kelgusi yillarda ham bazaviy inflatsiyani pasayish dinamikasini saqlab qolinishi bo'yicha yetarli asoslar shakllangan. Shu sababli asosiy urg'uni bazaviy inflatsiyani belgilangan prognozlar doirasida pasaytirishga qaratamiz", - deya ta'kidladi Markaziy bank raisi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110506 | Инструменты