Huawei 1
UzNEX kripto-birjasida $TRUMP memkoini savdoga chiqarildi

O‘zbekistonda Official Trump ($TRUMP) kriptovalyutasi ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu haqda UzNEX mahalliy kripto-birjasi matbuot xizmati xabar berdi.

22-may kuni Kobea Group kompaniyasiga tegishli bo‘lgan mazkur kripto-birja Trump tokeni savdoga chiqarilishini ma’lum qildi. Yangi token uchun depozitlar Toshkent vaqti bilan soat 11:00 dan boshlab ochildi.

Shu kuni soat 13:00 da memkoin savdosi hamda mablag‘larni yechib olish boshlandi. Hozirda $TRUMP memkoini 187−189 ming so‘m ($14,6) atrofida sotilmoqda.

Birja matbuot xizmati foydalanuvchilarni kripto-aktivlarni sotib olishda bozor xatarlari haqida ogohlantirdi. Ta’kidlanishicha, bozor sharoitlariga qarab asosiy kapital yo‘qotishlari uchun barcha javobgarlik investor zimmasiga yuklatiladi.

Shuningdek, birja tomonidan barqarorlik va loyihaning ishonchliligi asosida listing amalga oshirilishi hamda aktiv qiymatining oshishi hamda foyda keltirishi kafolatlanmasligi qayd etilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60609 | Инструменты