Huawei 2
Birjada 3 400,3 mlrd so‘mlik tovarlar sotildi, sement, suyultirilgan gaz va texnik chigit narxi pasaydi

O‘tgan hafta davomida, yaʼni 11-17-mart kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 3 400,3 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 49,6% ga ko‘pdir. Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 62,3% birja savdolariga, qolgan 37,7% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 2 119,1 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi, shu jumladan:

Sement

O‘tgan haftada birja savdolari orqali 89 177,0 tonna sement sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 17 835,0 ming tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 538,6 ming so‘mdan 535,8 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 68 ta xaridor ishtirok etdi.

Suyultirilgan gaz

O‘tgan hafta mobaynida birja savdolarida 11 116,0 tonna suyultirilgan gaz qo‘yildi va uning 7 019,0 tonnasi, yaʼni 63,1% sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 222 ta xaridor ishtirok etdi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda suyultirilgan gaz bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 5 405,9 ming so‘mdan 5 188,9 ming so‘mgacha pasaygan.

Texnik chigit

O‘tgan hafta birja savdolariga 48 461,0 tonna texnik chigit qo‘yildi va undan 30 816,0 tonnasi, yaʼni 63,6% qismi sotildi. 

Ko‘rib chiqilayotgan davrda texnik chigit bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 3 259,7 ming so‘mdan 3 135,6 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 20 ta xaridor ishtirok etdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga