O‘tgan hafta davomida, yaʼni 13 - 19-noyabr kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 2 518,6 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan.
Birja matbuot xizmatining xabariga ko'ra, bu avvalgi haftaga nisbatan 2,6% ga kamdir. Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 76,1% birja savdolariga, qolgan 23,9% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.
Shuningdek, ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 1 917,6 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotilgan, shu jumladan:
Un
O‘tgan hafta davomida birja savdolariga 71 863,0 tonna un qo‘yildi va uning 12 011,0 tonnasi, yaʼni 16,7% qismi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 270 ta xaridor ishtirok etdi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda 1-navli un bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 4 047,2 ming so‘mdan 4 035,5 ming so‘mgacha pasaydi. Unning o‘rtacha kunlik sotuv hajmi 2 402,0 tonnani tashkil qildi.
Suyultirilgan gaz
O‘tgan haftada birja savdolariga 6 487,0 tonna suyultirilgan gaz qo‘yildi va uning 6 019,0 tonnasi, yaʼni 92,8% sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 232 ta xaridor ishtirok etdi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda suyultirilgan gaz bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 7 254,7 ming so‘mdan 6 850,6 ming so‘mgacha pasaygan.
Ko‘mir
O‘tgan haftada birja savdolariga 10 247,0 tonna ko‘mir qo‘yildi va undan 6 482,0 tonnasi, yaʼni 63,3% qismi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 4 xaridor ishtirok etdi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda ko‘mirning o‘rtacha kunlik narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 320,6 ming so‘mdan 260,1 ming so‘mgacha pasaydi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 101003 | Инструменты