Huawei 1
2024 yil birjada mobil raqam 1 milliard 70 million so‘mga sotildi

2024 yilda O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasining mobilraqam.uzex.uz savdo tizimida aloqa operatorlarining 4 830 ta mobil va qisqa raqami sotildi. 

Sotib olingan raqamlarning 95 foizi jismoniy, 5 foizi esa yuridik shaxslar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Savdolarda eng qimmat raqam 1 milliard 70 million so‘mga sotilib, bu elektron tizim faoliyati boshlanganidan buyon rekord ko‘rsatkich bo‘ldi.

2025 yil boshidan buyon 1 152 ta mobil va qisqa raqam sotildi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5,5 foizga ko‘p. Shu davrda eng qimmat raqam 140,0 mln so‘mga baholandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 43005 | Инструменты