Yengil sanoat sohasi korxonalari moliyaviy sog‘lomlashtiriladi

“Mahalliy yengil sanoat korxonalarining xalqaro yetkazib berish zanjirlarida ishtirokini kengaytirish hamda tashqi bozorlarda o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–4-son, 12.01.2026 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, to‘qimachilik korxonalarini iqtisodiy va moliyaviy ko‘rsatkichlaridan kelib chiqqan holda “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratish va ular faoliyatiga manzilli ko‘maklashish bo‘yicha korxonalarni qo‘llab-quvvatlash dasturi amalga oshiriladi.

Bunda quyidagilarga ruxsat beriladi:

- korxonalarga tijorat banklari tomonidan 2 mln AQSH dollarigacha ular tomonidan xarid qilingan va to‘lovlari to‘liq amalga oshirilgan yoki o‘zi yetishtirgan xomashyoni  garovga olgan holda Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi resurslari hisobidan kreditlar ajratishga;

- sog‘lomlashtirish imkoniyati mavjud deb topilgan korxonalarning avval olgan tijorat kreditlari muddatini 7 yilgacha uzaytirib berishga;

- paxta xomashyosi xaridi uchun jalb qilingan kreditlar bo‘yicha 2026–2027 yillarda to‘lov grafiklarida yanvar-fevral oylari uchun belgilangan to‘lovlarni kredit shartnomasiga asosan oxirgi 6 oyga teng taqsimlangan holda to‘lashga.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11517 | Инструменты