Huawei 1
“O‘zbekiston Milliy Iqtisodiy Hamkorlik” uyushmasi tashkil etildi

“O‘zbekiston Milliy Iqtisodiy Hamkorlik” uyushmasi tashkil etildi. Farrux Fazliev “O‘zbekiston Milliy Iqtisodiy Hamkorlik” uyushmasi raisi etib tayinlandi. Tayinlovga qadar “FHF-GROUP” MCHJ rahbari sifatida faoliyat yuritgan.

Farrux Fazliev 1980-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. 1997-yilda Samarqand Davlat tibbiyot instituti, 2011-yilda Toshkent Davlat Iqtisodiyot unversiteti  magistraturasini tamomlagan, 2021-yillardan Milliy tabiat bog‘lari va ovchilik xo‘jaliklari boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Ushbu tayinlov O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar va milliy hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi yangi bosqich sifatida baholanmoqda.

Gulbahor Tojimirzayeva “O‘zbekiston Milliy Iqtisodiy Hamkorlik” uyushma raisi o’rinbosari etib tayinlandi.

Gulbahor Tojimirzayeva 1991-yilda Namangan viloyati Yangiqo’rg’on tumanida tug‘ilgan. Janubiy Xitoy qishloq xo’jaligi unversiteti xalqaro iqtisod va savdo yo’nalishini tamomlagan. U faoliyati davomida O’zbekiston va Xitoy davlati o’rtasidagi xalqaro munosabatlarini rivojlantirish va chet eldan yurtimizga ko’plab  sohalarda investisiya olib kirgan qolaversa ko’plab ijtimoiy loyihalar mullifi.

Mirzamurod Dadajonov “O‘zbekiston Milliy Iqtisodiy Hamkorlik” uyushmasi rais o’rinbosari etib tayinlandi.

Mirzamurod Dadajonov 1990-yilda Toshkent viloyati Bo’ka tumanida tug‘ilgan. Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti Xitoy iqtisodiyot yo’nalishini tamomlagan.

Ishonamizki, ushbu tayinlov yurtimizdagi va chet eldagi tadbirkor vatandoshlarimiz bilan hamkorliklarni yanada mustahkamlashga o’z xissasini qo’shadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 53019 | Инструменты