Huawei 1
O‘zbekiston Afg‘oniston bilan charm poyabzal yetkazib berish bo‘yicha 9,5 mln dollarlik shartnoma imzoladi

Afg‘onistonga tashrifi doirasida “O‘zcharmsanoat” uyushmasi va sanoat korxonalari vakillari Afg‘onistonning yirik kompaniyalari va tadbirkorlari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda uyushma matbuot xizmati xabar berdi. 

Afg‘onistonning AFGAN CYBER kompaniyasi va O‘zbekistonning KASHIF FERGHANI LTD kompaniyasi o‘rtasida 9,5 million dollarlik shartnoma imzolandi. Kelishuvga ko‘ra, Afg‘oniston bozoriga turli modeldagi charm poyabzallar yetkazib beriladi.

Tashrif davomida Afg‘oniston Ichki ishlar vazirligi uchun maxsus poyabzal yetkazib beruvchi AYSAN afg‘on kompaniyasi rahbari Ahmad Aymal bilan ham uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

U o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlariga qiziqish bildirdi va yaqin kelajakda hamkorlik qilishga tayyorligini taʼkidladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62120 | Инструменты