May oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 1,5 % ga oshgan

Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yilning may oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 1,5 % ga qimmatlashgan.   

Isteʼmol sektoridagi narxlar 2025 yilning may oyida yillik INI 108,7 % ni tashkil etib, joriy yilning aprel oyiga (110,1%) nisbatan 1,4 foiz bandga pasaydi.

2025 yilning may oyida isteʼmol narxlari indeksi tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 0,8 % ga pasaydi, nooziq-ovqat tovarlari 1,7 % ga va aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish narxlari o‘rtacha 5,9 % ga oshgani kuzatilgan.  

Mazkur hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun 10 mingdan ortiq savdo nuqtalari va xizmat ko‘rsatish obyektlarida 170 mingga yaqin narxlar qayd etilgan.  

420 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari va 90 turdagi xizmatlar narxlari kuzatildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90500 | Инструменты