Huawei 1
Ananas, anor va kivi sezilarli darajada, qovun va bulg‘or qalampiri karrasiga qimmatlagan — "Qo'yliq" va "Chorsu" bozorlaridagi ulgurji narxlar

22 noyabr holatiga 15 noyabrga nisbatan solishtirganda, Qo‘yliq ulgurji bozorida qator meva va sabzavotlar qimmatlashuvi davom etgan. Bu bo'yicha ma'lumotlarni Iqtisodiyot va moliya vazirligi axborot xizmati keltirdi.

Demak, vazirlik o‘rganishlariga ko‘ra, eng yuqori narxlar oxirgi 7 kunda:

Ananas bo‘yicha 40 ming so‘mdan 55 ming so‘mgacha;

Anor 35 ming so‘mdan 50 ming so‘mgacha (oxirgi 14 kunda anor narxi 23 ming so‘mdan 50 ming so‘mga ko‘tarildi) ;

Kivi 15 ming so‘mdan 20 ming so‘mgacha;

Sabzi 2 ming so‘mdan 2,5 ming so‘mgacha;

Baqlajon 2 ming so‘mdan 2,5 ming so‘mgacha;

Turp 1,7 ming so‘mdan 2 ming so‘mgacha qimmatgan.

Qovun va bulg‘or qalampiri narxlari karrasiga oshgan. 7 kunda qovun 25 ming so‘mdan 50 ming so‘mgacha, bulg‘or qalampiri 4 ming so‘mdan 20 ming so‘mgacha qimmatlashishga ulgurgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51513 | Инструменты