Huawei 1
Toshkentning ikkita tumanida noqonuniy reklama qurilmalari demontaj qilindi

Toshkent shahrida noqonuniy reklama qurilmalariga qarshi ishlar davom etmoqda. Bu haqda tuman hokimliklari matbuot xizmatlari xabar berdi.

Shayxontohur tumanida tashqi reklama bozorini tartibga solish bo‘yicha tuman ishchi guruhi tomonidan nazorat ishlari olib borildi. Bu “Reklama to‘g‘risida"gi qonun ijrosini ta’minlash va reklamani tayyorlash, joylashtirish va tarqatish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.

Jarayon davomida tuman markaziy ko‘chalarida joylashtirilgan tegishli pasport ruxsatnomasiga ega bo‘lmagan noqonuniy reklama qurilmalari bartaraf etildi.

Tuman hokimligi ishchi guruhning bu yo‘nalishdagi faoliyati davom etishini qo‘shimcha qilgan.

Shuningdek, nazorat tadbirlari Chilonzor tumanida ham olib borilib, tumanning Furqat ko‘chasida joylashgan reklama bannerlari demontaj qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51517 | Инструменты