Huawei 1
2024-yilda Gruziyada “O‘zbekiston madaniyati va kinosi” kunlari tashkil etiladi

2024-yilning 18-mart kuni O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Gruziyaning mamlakatdagi Favqulodda va muxtor elchisi Georgiy Chxeidze bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekiston Bosh vazirining Gruziyaga, Gruziya Bosh vazirining O‘zbekistonga amalga oshirgan tashriflari natijasida ikki davlat o‘rtasida madaniy hamkorlik rivojlanib borayotganligi e’tirof etildi.

Xususan, Gruziya vakillari “Lazgi” raqs san’ati hamda Xalqaro hunarmandchilik festivallarida ishtiroki muntazam tus olgani, 2023-yilning 6-8 may kunlari Guliston shahrida o‘tkazilgan III Xalqaro baxshichilik san’ati festivalida Gruziya vakillari ishtirok etgani ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida 2024-yilda Gruziyada “O‘zbekiston madaniyati va kinosi” kunlarini tashkil etish, mamlakatda bo‘lib o‘tadigan tadbirlarda Gruziya vakillarining ishtirokini ta’minlash, kino sohasida hamkorlikni mustahkamlash, qo‘shma kinoasarlar yaratish masalalari muhokama qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga