Huawei 1
Zelenskiy Putinni Kiyevda uchrashishga taklif qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun Kiyevga kelishi mumkin. Bunday taklifni Ukraina davlati rahbari Vladimir Zelenskiy 5-sentabr, juma kuni Amerikaning ABC News telekanaliga bergan intervyusida bildirdi.

O‘sha kuni, 5-sentabr kuni ertalab Vladivostokdagi Sharqiy iqtisodiy forumda so‘zlagan Putin yana bir bor Moskvani Ukrainadagi vaziyatni tinch yo‘l bilan tartibga solish bo‘yicha muzokaralar uchun “eng yaxshi joy” deb bilishini aytdi. Shu bilan birga, u Zelenskiy Rossiya poytaxtiga kelsa, unga “100%” xavfsizlik kafolati berilishiga vaʼda berdi.

"100% kafolat... Agar kimdir haqiqatan ham biz bilan uchrashishni istasa, biz tayyormiz. Buning uchun eng yaxshi joy - Rossiya Federatsiyasi poytaxti, qahramon shahar Moskva", - deya ta'kidladi Rossiya prezidenti. Shu bilan birga, u boshqa mamlakatlarda Zelenskiy bilan uchrashish takliflarini “ortiqcha” deb atadi.

"U (Vladimir Putin - tahrir) Kiyevga kelishi mumkin", deb javob qaytardi Ukraina rahbari ABC News telekanaliga bergan intervyusida. "Mamlakatim har kuni raketa hujumlari, hujumlarga duchor bo'layotgan paytda men Moskvaga bora olmayman. Men bu terrorchining poytaxtiga bora olmayman". Zelenskiyning soʻzlariga koʻra, Putin “buni tushunadi”. Suhbat davomida Ukraina rahbari Putin u bilan uchrashishni va Ukrainadagi urushni to‘xtatishni istamasligini bir necha bor takrorladi. Shu bilan birga, u Putin “AQSh bilan o‘yin o‘ynayapti”, dedi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90617 | Инструменты