Huawei 2
Xitoy Mudofaa vaziri va Pentagon rahbari harbiy hamkorlikni muhokama qildi

Xitoy mudofaa vaziri Dong Jun Pentagon rahbari Lloyd Ostin bilan videokonferensiya orqali muloqot qildi. Xitoy harbiy departamentining xabar berishicha, mamlakatlar ikki tomonlama munosabatlar, harbiy sohadagi hamkorlik va Tayvan masalasini muhokama qilgan. Bu Xitoy va AQSh harbiy departamentlari rahbarlarining 2022-yildan buyon ilk bor suhbatidir. 

"Qo'shma Shtatlar Xitoyning qat'iy pozitsiyasini tan olishi, mamlakatimizning Janubiy Xitoy dengizidagi hududiy suvereniteti hamda dengiz huquqlari va manfaatlarini chin dildan hurmat qilishi, mintaqaviy tinchlik va ikki mamlakat, shuningdek, ikki harbiy o'rtasidagi munosabatlar barqarorligini ta'minlash uchun amaliy choralar ko'rishi kerak", dedi Jun Dong suhbat davomida.

Bundan tashqari, XXR mudofaa vaziri Xitoy va AQSh harbiylari aloqa oʻrnatish yoʻlini topishi va mamlakatlar oʻrtasidagi munosabatlarni barqarorlashtirish hamda xavfsizlik kafolatlariga erishish uchun “ochiq va pragmatik hamkorlik”ni taʼminlashi kerakligini taʼkidladi.

O‘z navbatida, Lloyd Ostin Qo‘shma Shtatlar “yagona Xitoy” tamoyiliga sodiq ekanini ta’kidlab, mintaqada xalqaro huquq normalarini hurmat qilish zarurati va Shimoliy Koreyadan bo‘layotgan provokatsiyalardan xavotirlarni muhokama qildi. Tomonlar, shuningdek, Ukrainadagi mojaro yuzasidan fikr almashdi, dedi Pentagon.  

Xitoy va AQSh harbiy idoralari oʻrtasidagi muloqot XXR qarori bilan 2022-yilda vaqtinchalik toʻxtatilgan edi. Bunga AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining 2022-yil yozida Tayvanga safari sabab bo‘ldi. Xitoy tashrifga qarshi chiqdi.

2-aprel kuni Xitoy rahbari Si Szinpin va AQSh prezidenti Jo Bayden telefon orqali muloqot qildi. Davlat rahbarlari Xitoy-Amerika munosabatlari va ularni barqarorlashtirish, Ukrainadagi mojaro, Tayvan muammosi, inson huquqlari, Koreya yarim orolidagi vaziyat, harbiy hamkorlik va sunʼiy intellekt bilan bogʻliq xavflarni bartaraf etish masalalarini muhokama qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga