Huawei 1
Vladimir Putin Rossiyaning davlat til siyosati asoslarini tasdiqlovchi farmonni imzoladi

Vladimir Putin Rossiyaning davlat til siyosati asoslarini tasdiqlovchi farmonni imzoladi. 

Ushbu hujjat rus tili, Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi respublikalarning davlat tillari va Rossiya xalqlarining boshqa tillarini saqlab qolish, rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga, shuningdek, rus tilini dunyoda targ‘ib qilishga qaratilgan.

Hujjatda taʼkidlanishicha, Rossiya Federatsiyasining o‘ziga xos etnomadaniy xilma-xilligiga qaramay, aynan rus tili umumrossiyalik fuqarolik identifikatsiyasini belgilaydi. Shu bilan birga, Rossiya xalqlarining barcha tillari “davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi” va mamlakatning barcha fuqarolari “ona tilidan foydalanish huquqiga” ega.

"Rossiya rus tilidan foydalanishni cheklash, rus madaniyatini, jumladan rus adabiyotini bekor qilish, Rossiya ommaviy axborot vositalarini kamsitish, anʼanaviy rus maʼnaviy-axloqiy qadriyatlariga zid mafkuraviy tamoyillarni singdirishga urinishlariga muvaffaqiyatli qarshi turmoqda", deyiladi til siyosati asoslarida.

Rasmiy muloqot sohalarida rus tilidagi keng qo‘llaniladigan muqobillari mavjud bo‘lgan xorijiy so‘zlardan asossiz foydalanish, hamda normativ lug‘atlarga kirmagan xorijiy so‘zlarni qo‘llash, shuningdek “ayrim xorijiy davlatlarning rus tilidan foydalanish makonini cheklash (qisqartirish) harakatlari” rus tili uchun xavflar sifatida tilga olingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 71223 | Инструменты