Vitkoff Zelenskiy bilan uchrashuvda erishilgan yutuqlarni e'lon qildi

Berlinda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda harbiy harakatlarga chek qo'yish borasida "sezilarli yutuqlarga" erishildi. Bu bayonot AQSh Prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiven Vitkoffning 14-dekabr, yakshanba kuni X ijtimoiy media platformasida joylashtirgan postida aytilgan.

Vitkoffning ta'kidlashicha, AQSh va Ukraina delegatsiyalari o'rtasida Ukrainada mumkin bo'lgan sulh bo'yicha maslahatlashuvlar besh soatdan ko'proq davom etdi. Uchrashuvda Trampning maslahatchisi va kuyovi Jared Kushner ham ishtirok etdi.

Vitkoffning postida aytilishicha, tomonlar 20 banddan iborat tinchlik rejasi, iqtisodiy masalalar va boshqa mavzular bo'yicha "chuqur muhokamalar o'tkazdilar".

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121512 | Инструменты