AQSH universitetidagi otishmada o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi

AQSHning Rod-Aylend shtati, Providens shahrida joylashgan Braun universiteti hududida sodir bo‘lgan fojiali otishma oqibatida o‘zbekistonlik talaba Muhammadaziz Umurzoqov halok bo‘lgan. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili maʼlum qilib, marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan.

“O‘zbekiston Respublikasining AQSHdagi vakolatxonalari vakillari marhumning qarindoshlari bilan doimiy aloqada bo‘lib, AQSHning tegishli idoralari bilan hamkorlikda barcha masalalar yuzasidan yaqindan ish olib bormoqda”, deyiladi xabarda.

Marhum universitetning birinchi kursida, neyrojarrohlikka o‘qiyotgan bo‘lgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121512 | Инструменты