"AQSH prezidenti Donald Tramp 4 iyul kuni Ukraina yetakchisi Volodimir Zelenskiyga Rossiya hujumlarini kuchaytirgani sababli Ukrainaga havo hujumidan mudofaa sohasida yordam bermoqchi ekanligini aytdi", deya xabar bermoqda Axios ukrainalik ism-sharifi oshkor etilmagan amaldor va bu masaladan xabardor boshqa manbalariga tayanib.
Manbalardan biriga ko‘ra, Tramp Zelenskiyga, Qo‘shma Shtatlardan Ukrainaga qanday qurollar yetkazib berish to‘xtatilganini tekshirib ko‘rishini aytgan.
Avvalroq Pentagon Kiyevga zenit-raketalar va boshqa aniq boshqariladigan o‘q-dorilar yetkazib berishni Qo‘shma Shtatlarda bu turdagi qurollar zaxiralari juda oz ekanligini sabab sifatida keltirib, to‘xtatib qo‘ygan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 70514 | Инструменты