Huawei 1
Tramp maxsus vakili HAMASning AQShga javobini «mutlaqo qabul qilib bo‘lmas» deb atadi

AQSh prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoffning aytishicha, HAMASning AQShning o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga javobi «butunlay qabul qilib bo‘lmas».

«Men HAMASning Amerika taklifiga javobini oldim. Uni mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan va bizni faqat orqaga qaytaradi», deb yozadi Uitkoff ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida.

Uning ta’kidlashicha, tashkilot kelgusi haftada boshlanishi mumkin bo‘lgan bilvosita muzokaralar uchun asos sifatida Qo‘shma Shtatlar tomonidan taqdim etilgan hadli rejani qabul qilishi kerak.

Uitkoffning aytishicha, 60 kunlik sulhni ta’minlashning yagona yo‘li bu taklifni ma’qullashdir. Uning qayd etishicha, kelishuv mahkumlarning o‘z oilalariga qaytarish imkonini beradi va barqaror jarayonga poydevor qo‘yadi.

Prezident Donald Tramp bir kun avval jurnalistlarga kelishuv 24 soat ichida yoki undan ham tezroq e’lon qilinishi mumkinligini aytdi.

HAMAS yozma javobida tashkilot doimiy otashkesim, Isroilning G‘azo sektoridan to‘liq chiqib ketishi va falastinliklarga uzluksiz gumanitar yordam ko‘rsatishga intilayotganini bildirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60406 | Инструменты