Huawei 1
Tramp bilan Putin Yaqin Sharqdagi xavfli keskinlashuvni muhokama qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin telefon orqali Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashuvini muhokama qildi. Bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov maʼlum qildi.

«Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSH prezidenti bilan navbatdagi telefon suhbatini o‘tkazdi, muloqot 50 daqiqa davom etdi. Putin Isroilning Eronga qarshi harbiy amaliyotini qoralab, O‘rta Sharqdagi mojaroning butun mintaqadagi noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan keskinlashuvidan jiddiy xavotir bildirdi», dedi u.

Ushakov so‘zlariga ko‘ra, «Yaqin Sharqdagi vaziyatning xavfli keskinlashuvi, tabiiyki, fikr almashish markazida bo‘ldi».

«Vladimir Putin Isroilning Eronga qarshi harbiy amaliyotini qoralab, mojaroning kuchayishi ehtimolidan jiddiy xavotir bildirdi, bu esa Yaqin Sharq mintaqasidagi butun vaziyat uchun oldindan aytib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin», dedi Ushakov.

Tramp shuningdek, Yaqin Sharqdagi vaziyatning juda xavotirli ekanini, ammo Isroilning Eron obyektlariga bergan zarbasi samarali bo‘lganini tan olgan.

«Shunisi ahamiyatliki, yuzaga kelgan murakkab vaziyatga qaramay, ikkala prezident Eron yadro dasturi bo‘yicha muzokaralarga qaytishni istisno qilmadi», dedi Ushakov.

«Putin Trampga Rossiyaning Ukraina bilan muzokaralarini 22 iyundan keyin davom ettirishga tayyorligi haqida maʼlum qildi. Tramp bu maʼlumotni eʼtiborga oldi va Rossiya-Ukraina mojarosiga tezroq barham berishdan manfaatdorligini yana bir bor taʼkidladi», dedi Ushakov.

Suhbat yakunida Putin bugun 79 yoshga to‘lgan Trampni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 71020 | Инструменты