2024-yilda O‘zbekiston fuqarolari tomonidan Shengen vizasi uchun 58 ming 691 ta ariza topshirildi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 26,2 foizga ko‘p. Eng ko‘p ariza Germaniyaga yuborilgan (19 329 ta), ularning 78,7 foizi maʼqullangan. Eng yuqori rad etish darajasi Polshada kuzatilgan — har uchinchi ariza qabul qilinmagan. Shuningdek, Bolgariya eng oson viza olish mumkin bo‘lgan davlat sifatida qayd etilgan — u yerda viza berilish darajasi 133,4 foizni tashkil etgan.
O‘zbekistonliklar viza yig‘imlariga 4,7 million yevro sarflagan bo‘lsa, rad etilgan arizalar hisobiga taxminan 740 ming yevro yo‘qotilgan. Shu bilan birga, rad etish darajasi 2023-yildagi 16,5 foizdan 2024 yilda 15,76 foizga tushdi.
Mutasaddilar vizaga murojaat qilishda hujjatlarni puxta tayyorlash, sayohat maqsadini aniq ifoda etish va moliyaviy barqarorlikni tasdiqlashni tavsiya qilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 71103 | Инструменты