Huawei 2
Tojikiston Turkiya fuqarolari uchun viza rejimini joriy qildi

Tojikiston javob tariqasida Turkiya fuqarolari uchun viza rejimini joriy qildi.

Tojikiston tashqi ishlari vazirligining ta’kidlashicha, Tojikiston Respublikasi Hukumatining 2024-yil 28-martdagi qaroriga asosan, 2024-yil 20-apreldan boshlab Turkiya fuqarolariga nisbatan viza rejimi qo‘llaniladi.

"Turkiya fuqarolari Tojikiston Respublikasi vizasini xorijdagi elchixonalar va konsulliklarda olishlari mumkin", — deyiladi vazirlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya tomoni Tojikiston fuqarolari uchun viza rejimini joriy qilgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga