8 may kuni Moskva shahrida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va rasmiy tashrif bilan borgan Xitoy rahbari Si Szinpin yangi davrda har tomonlama sheriklik va strategik hamkorlik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonotni imzoladi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.
Hujjat SSSRning Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabasining 80 yilligi, Xitoy xalqining Yaponiya agressiyasiga qarshi qarshilik ko‘rsatish urushidagi g‘alabasi va BMT tashkil topganining yubileyini nishonlash uchun tayyorlangan.
Shuningdek, uchrashuv yakunlari bo‘yicha bir qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Putin va Szinpin barcha rasmiy tadbirlardan so‘ng bo‘lib o‘tadigan yakkama-yakka choy ziyofatida eng nozik masalalarni muhokama qilgan. So‘nggi yillarda bunday norasmiy muloqot barcha Rossiya-Xitoy sammitlarida bo‘lgan.
Xitoy rahbari Rossiyaga rasmiy tashrif va G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanalarda ishtirok etish uchun bordi va unda asosiy xorijiy mehmon bo‘ladi.
Rossiya Prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovga ko‘ra, tashrif doirasida tor va kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralar, imzolangan hukumatlararo va idoralararo hujjatlar almashinuvi, davlat rahbarlarining OAV uchun bayonoti, delegatsiyalar ishtirokida rasmiy nonushta bo‘lib o‘tadi.
Ikki tomonlama hamkorlikning asosiy tamoyillari va yo‘nalishlari 2001 yil 16 iyuldagi “Rossiya va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida”gi shartnomada o‘z ifodasini topgan. Ikki davlat o‘rtasida yuqori va eng yuqori darajalarda intensiv aloqalar olib borilmoqda. Rossiya va Xitoy rahbarlari Vladimir Putin va Si Szinpin 40 dan ortiq marta uchrashgan. Putin Xitoyga tashrif buyurish va xalqaro tadbirlarda ishtirok etish uchun 20 martadan ortiq tashrif buyurgan. U Xitoyga boshqa dunyo yetakchilariga qaraganda tez-tez qatnagan.
Si Szinpin Rossiyaga 10 marta tashrif buyurdi, bu boshqa mamlakatlardan ko‘ra ko‘proq. 2023 yilning 20-22 mart kunlari ham u davlat tashrifi bilan Rossiyada bo‘ldi. Bu Xitoy rahbarining uchinchi muddatga qayta saylanganidan keyin birinchi xalqaro safari edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50821 | Инструменты