Serbiya hukumati 2-noyabr, shanba kunini Novi Sad temir yo‘l vokzalida chodir qulab tushgan, sakkiz kishi halok bo‘lgan va to‘rt kishi jarohat olganlar xotirasiga motam kuni deb e’lon qildi.
“Serbiya hukumati “Serbiya Respublikasida motam toʻgʻrisida”gi qonun asosida 2-noyabrni motam kuni deb eʼlon qildi”, — deyiladi Serbiya Vazirlar Mahkamasi qarorida.
Serbiya Ichki ishlar vazirligi rahbari Ivitsa Dachich avvalroq voqea joyida shisha, beton va metall konstruksiyalardan yasalgan soyabon qulashi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘lgan, to‘rt kishi jarohatlanganini aytgan edi. Ikki kishi kasalxonaga yotqizilgan, biri og‘ir tan jarohati olgan, yana ikkitasi vayronalar ostida qolgan - bir ayol va 14 yoshli qiz.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120300 | Инструменты