Huawei 1
Saida Mirziyoyeva Jenevada Jahon savdo tashkiloti bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Jenevada Jahon savdo tashkiloti bosh direktori bilan uchrashdi. Bu haqda u o'z rasmiy sahifasida ma'lum qildi.

"Kecha Jenevada Jahon savdo tashkiloti Bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala xonim bilan uchrashdik.

Muloqot davomida yurtimizda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar, JSTga a’zo bo‘lish yo‘lidagi yangi ehtimoliy qiyinchiliklar hamda ishonch va hamkorlikning muhim ahamiyati haqida ochiq fikr almashdik.

Ngozi xonimga liderlik va doimiy qo‘llab-quvvatlov uchun minnatdorlik bildirdim. Bu jahon savdosi uchun muhim davr bo‘lib, O‘zbekiston islohotlar doirasida o‘z majburiyatlarini qat’iyat bilan bajarishda davom etadi", deya yozgan u. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91816 | Инструменты