Saudiya Arabistoni ichki parvozlarni tikladi
Saudiya Arabistoni o'z aeroportini 31 may kuni ichki parvozlar uchun qayta ochdi.
Shuningdek, qirollik koronavirusning tarqalishiga qarshi kurashish uchun kiritilgan cheklovlarni yumshatishga kirishdi.
Saudiya Arabistoni fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi matbuot kotibining so'zlariga ko'ra, yakshanba kuni o'n bitta aeroportda parvozlar qayta yo'lga qo'yilgan va yana ikkita aeroport 1 iyundan o'z faoliyatini davom ettiradi.
Shu oyning boshida Saudiya hukumati cheklovlar Makkaning muqaddas shaharidan tashqari, 21 iyunda komendantlik soatini joriy etish bilan birga izolyatsiyaning 3- bosqichi olib tashlashini aytdi.
Shuningdek masjidlar yakshanba kuni qat'iy qoidalarga muvofiq xolda qayta ochildi. Tashrif buyuruvchilar niqob taqishlari va o’zlarining joynomozlaridan foydalanishlari kerak.
Biroq, butun dunyodan millionlab musulmonlarni jalb qiladigan Haj va Umra ziyorati hozircha yopiqligicha qoladi.
Taxminan 30 million aholisi bo'lgan mamlakatda 83,300 ta infeksiya va 480 ta o'lim holatlari qayd etilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61203 | Инструменты