Huawei 1
O‘zbekiston Prezidenti "Euronews" direktorlar kengashi raisi Pedro Vargasni qabul qildi

Toshkent investitsiya forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Euronews" media xoldingi direktorlar kengashi raisi Pedro Vargasni qabul qildi.

Ushbu yetakchi kompaniya bilan hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, "Euronews"ning keng auditoriyasini O‘zbekistonning boy madaniy-tarixiy merosi, mamlakatda ro‘y berayotgan muhim siyosiy-iqtisodiy jarayonlar, shuningdek, uning investitsion va turizm salohiyati to‘g‘risida xabardor qilish masalalari ko‘rib chiqildi.

Davlatimiz rahbari qo‘shma axborot loyihalarini amalga oshirish va professional kadrlar tayyorlash borasidagi faol sa’y-harakatlarni, shuningdek, "Euronews" Toshkent shahrida o‘z ofisini ochishni rejalashtirayotganini olqishladi.

"Euronews Academy" dasturi doirasida o‘zbekistonlik jurnalistlarni ilg‘or professional standartlar asosida o‘qitish rejalari qo‘llab-quvvatlandi.

Barcha istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida qo‘shma "yo‘l xaritasi"ni tayyorlashga kelishib olindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61307 | Инструменты