Rossiya harbiy-havo kuchlariga yangi qo‘mondon tayinlandi

Rossiya harbiy-havo kuchlarining yangi qo‘mondoni etib avvalroq Rossiya uzoq masofali aviatsiyasiga qo‘mondonlik qilgan general-leytenant Sergey Kobilash tayinlandi. Bu haqdagi xabar 24-iyul, chorshanba kuni Rossiya Mudofaa vazirligi saytida e’lon qilindi.

Kobilash 1965-yilda Odessada tug‘ilgan. Yeysk oliy harbiy aviatsiya uchuvchilar maktabini, Gagarin nomidagi Harbiy-havo kuchlari akademiyasini va Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi Harbiy akademiyasini tamomlagan. 2023-yil yanvar oyida Ukraina Xavfsizlik xizmati u Ukrainadagi tinch aholi nishonlarini o‘qqa tutganlikda gumon qilinayotganini e’lon qilib, tegishli dalillar to‘plaganini bildirdi. 

Kobilash o‘rniga Rossiya uzoq masofaga uchuvchi aviatsiyasini general-mayor Sergey Kuvaldin boshqaradigan bo‘ldi. Rossiya Federatsiyasining uzoq masofali aviatsiyasi Tu-95MS, Tu-160 strategik raketa tashuvchilari va uzoq masofali Tu-22M3 bombardimonchi samolyotlarini o‘z ichiga oladi. Ularning barchasi bir necha bor Ukraina hududiga zarba berish uchun ishlatilgan.

"FSB" Rossiya bombardimonchi samolyotini Ukrainaga olib ketishga urinish haqida e’lon qilgan

19-aprel kuni Rossiya Mudofaa vazirligi Stavropol o‘lkasida Tu-22M3 samolyoti halokatga uchraganini tan oldi. Ukraina havo kuchlarining da’vo qilishicha, Rossiya bombardimonchi samolyoti Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi taqdim etgan ma’lumotlardan foydalangan holda zenitchilar tomonidan yo‘q qilingan. 

8-iyul kuni Rossiya "FSB" Tu-22M3 strategik bombardimonchi samolyoti Ukrainaga olib qochilishining oldi olingani haqida e’lon qildi - bu operatsiya NATO maxsus xizmatlari ishtirokida tayyorlangani aytilgan. Kiyev ayblovlarga izoh bermadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40511 | Инструменты