Rolls-Royce o'zining Ghost modelining yangi ko’rinishini namoyish qildi
Germaniyaning BMW konserni tarkibiga kiruvchi Britaniyaning Rolls-Royce kompaniyasi o'zining Ghost yoki "Phantom" modelining yangi ko’rinishini namoyish qildi. Firma rahbariyati premium avtomobillar oilasiga kiritilgan ushbu yangi avlod mashinasiga bozorlarda talab katta bo'lishidan umid qilmoqda. U juda qulay bo’lib, eng yangi texnologiyalar, jumladan sun'iy yo'ldosh navigatsiya tizimi bilan jixozlangan.
Modelning nomi "hashamatli me'morchilik" ma’nosini anglatadi va u allaqachon Phantom sedani va Cullinan krossoveri bilan tanilgan.

Rolls-Royce bosh direktori Torsten Myullerning aytishicha, pandemiya kompaniyani ham ayab o'tirmadi.
"O'tgan yilga nisbatan foyda 30 foizga kamaydi, dunyo bo'ylab ko'plab dilerlarimiz yopildi. Shubhasiz, pandemiya paytida odamlarda yangi premium avtomobilini sotib olishdan tashqari boshqa tashvishlar ham bor. Hammasi, albatta, o'tib ketadi”, dedi kompaniya direktori.
Myuller-Otvosning aytishicha, Brexitning oqibatlari xali ham davom etmoqda. Biroq, u London va Bryusselning kelisha olishiga umid qilmoqda. Uning so'zlariga ko'ra, Rolls-Royce Britaniya sanoati tojidagi olmos bo'lib qoladi. Shu bilan birga Bunday mashinalarning ko’chirilgan har qanday nusxasi muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.

Alpha version: 0.9.1.19 build 42319 | Инструменты