Huawei 2
Qozog‘istonning bir qancha viloyatlarida suv toshqini sababli favqulodda holat e’lon qilindi

Qozog‘istonning bir qancha viloyatlarida suv toshqini sababli favqulodda holat e’lon qilindi. Unga ko'ra, Abay, Uralsk, G‘arbiy Qozog‘iston, Aqto‘be viloyati, Oqmo‘la, Qo‘stanayda favqulodda holat e’lon qilingan. Hozirgacha jami 600 dan ortiq odam evakuatsiya qilingan. 

Aqto‘be shahrida Aliya Moldagulova nomidagi xalqaro aeroport suv toshqini tufayli yopildi. Aeroport boshqaruvi raisi Doston Maliyevning xabar berishicha, uchish-qo‘nish yo‘lagi erigan suv bilan to‘lib ketgan. Mavjud vaziyat tufayli samolyotlarni qabul qilish va chiqarishni vaqtincha to‘xtatishga to‘g‘ri kelgan. Bu o‘ndan ortiq reyslarning kechiktirilishiga sabab bo‘ldi.

Uralsk hokimligi binosi suv ostida qolgani uchun shahar hokimi Mirjon Satkanovga qattiq tanbeh berildi. 

G‘arbiy Qozog‘iston hokimi o‘rinbosari Kaliyar Aytmuxambetovning ma’lum qilishicha, Qorato‘bin tumanida vaziyat yanada murakkablashgan, u yerda erigan suvlar Korjin qishlog‘ini bosib ketdi. Hozirda barcha aholi ikki qavatli mahalliy maktab binosiga evakuatsiya qilingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga