Huawei 2
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston Saudiya Arabistonini ishonchli hisobda mag‘lub etib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi chorak final bosqichi doirasida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi bahs olib bordi. Unda hamyurtlarimiz 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Birinchi golni Husain Norchayev kiritgan bo‘lsa, ikkinchi golga Umarali Rahmonaliyev mualliflik qildi. 

Shuningdek, 70-daqiqada raqiblar aʼzosi Ayman Yahyo ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydondan chetlatildi.

Shu tariqa, Timur Kapadze shogirdlari yarim finalga yo‘l oldi. O‘zbekiston U-23 terma jamoasi yarim finalda Indoneziyaga qarshi bahs olib boradi. Jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv 29-aprel sanasida bo‘lib o‘tadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga