Huawei 1
Qozog‘istonda havo harorati -8 darajagacha sovib ketishi kutilmoqda

Qozog‘iston sinoptiklari 2024-yilning 25-27-aprel kunlari uchun mamlakatda kutilayotgan ob-havo maʼlumotlarini taqdim etdi. Mutaxassislarning aniqlik kiritishicha, mamlakat aholisi yomg‘ir va sovuq havoni boshdan kechiradi. 

Tarqatilgan xabarga koʻra, 25-27-aprel kunlari respublikaning janubiy yarmida yomgʻir yogʻadi. Qozog‘istonning shimoli-g‘arbiy qismida faqat bir kun — 25-aprelda yomg‘ir yog‘adi. Shimoli-g‘arbda kechasi yomg‘ir, qor yog‘adi.

“Sovuq front mamlakatning janubiy viloyatlariga bosqichma-bosqich oʻtadi, bu yerda havo harorati kechasi 0+12 darajagacha, kunduzi esa +10+20° gacha pasayishi kutilmoqda", - deyiladi "Qazgidromet” RFB matbuot xizmati xabarida. 

Shimoliy viloyatlarda 25-aprel kuni sovuqning eng yuqori cho'qqisiga chiqishi kutilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga