Huawei 2
Qirg‘izistonda rus va ingliz tillaridagi multfilmlarni bloklash taklif qilindi

Qirg‘iziston parlamenti spikeri Nurlanbek Shakiyev rus va ingliz tillaridagi multfilmlarni bloklashga chaqirdi

“Bolalar telefonlarida koʻrayotgan barcha multfilmlar rus tilida, qirgʻiz tilida birorta ham multfilm yoʻq. Rus va ingliz tillarida multfilmlarni bloklash kerak bo'ladi. Tilimizni saqlab qolish uchun bugundan ish boshlamasak, ertaga tilimiz yo‘qoladi”, - dedi Shakiyev.

Parlament spikeri deputatlarni qirg‘iz tilida so‘zlashga va nomlarni aytishga chaqirdi, chunki ko‘p so‘zlar ruslashib, arablashgan. Uning ta'kidlashicha, odamlar bolalariga asosan arabcha ism qo'yishadi va arabcha ismlardan foydalanishadi, garchi "chiroyli qirg'iz ismlari" juda ko'p.

“Nafaqat til yoʻqolib qolishi mumkin, balki qirgʻizcha nomlarni ham yoʻqotamiz”, - dedi Shakiyev.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga