Huawei 1
Putin Rossiyaga Ukrainada yadro qurolidan foydalanishga «zarurat bo‘lmasligi»ga umid bildirdi

Bu haqda Putin 4 may oqshomida efirga uzatilgan «Rossiya. Kreml. Putin. 25 yil» filmiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

"Ular bizni g‘azablantirmoqchi bo‘ldi, bizni xato qilishga undashmoqchi bo‘ldi. Siz aytib o‘tgan [yadroviy] qurollardan foydalanishning hojati yo‘q edi — va umid qilamanki, kerak bo‘lmaydi. 2022 yilda boshlangan ishni Rossiyaga kerakli natija bilan mantiqiy yakuniga yetkazish uchun bizda yetarlicha kuch va resurslar bor", dedi u.

Rossiya qo'shinlarining Ukrainaga keng ko'lamli bostirib kirishi boshlanganidan beri Moskva ma’lum sharoitlarda yadro qurolidan foydalanishi mumkinligini bir necha bor tan olgandi. Xususan, Rossiya yadroviy doktrinasini qayta ko‘rib chiqdi va Belarus hududida jangovar kallaklarni joylashtirdi. G‘arb va Ukraina Rossiyani «yadroviy shantajda» aybladi.

2024 yilda Amerikaning yirik ommaviy axborot vositalari urushning birinchi yilida AQSh rasmiylari Rossiyaning Ukrainaga yadroviy zarba berish xavfini jiddiy ko‘rib chiqqani va javob rejasini ishlab chiqqani haqida yozgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52207 | Инструменты