Huawei 1
Putin bilan uchrashuv Yevropaning neytral qismida o‘tkazilishi adolatli bo‘ladi — Vladimir Zelenskiy

"Bizningcha, adolatli bo‘lishi uchun uchrashuv Yevropaning neytral qismida o‘tkazilishi kerak, bu fikrni yevropaliklar ham ta’kidlagan. Biz Rossiya prezidenti bilan uchrashuv Shveysariya va Avstriyada o‘tkazilishiga rozimiz", — dedi Ukraina prezidenti jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Turkiyaga ham qarshi emas, ammo Moskva yoki Budapeshtda uchrashuv bo‘lishi mumkin emas.

"Bugungi kunda muzokaralarni Budapeshtda o‘tkazish murakkab masala. Ochig‘ini aytish kerak, Vengriya bizni qo‘llab-quvvatlamadi. Men Orban siyosati Ukrainaga qarshi edi demayman, ammo u Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga qarshi edi", — deya tushuntirdi Zelenskiy.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82201 | Инструменты