Ninachi bilan o'ynayotgan toshbaqa, sichqonchani kuzatayotgan tulki bolasi, erigan muz ustida uxlayotgan oq ayiq. 2023-yilning eng yaxshi yovvoyi tabiat fotosuratlari

Surat — lahzalar, hissiyotlarni ajoyib tarzda ko‘rsatib beruvchi vosita. Agar u goh kutilgan, goh kutilmagan, goh qiziqarli lahzalarda olinsa yanada yaxshi. Butun dunyo bo‘ylab har kuni ana shunday suratlar olinadi va ommaviy tarmoqlarga joylanadi.

London Tabiat tarixi muzeyi “Xalq tanlovi” nominatsiyasi bo'yicha “Yilning yovvoyi tabiat fotosuratchisi” mukofotining finalistlarini e’lon qildi. G‘olib esa 2024-yil 7-fevralda e’lon qilinadi.

Quyida finalchilar muallifligidagi 2023-yilning eng yaxshi yovvoyi tabiat fotosuratlari aks etgan.

Shpitsbergen arxipelagining erigan muzida oq ayiq uxlayapti
Foto: Nima Sarikhani/Wildlife Photographer of the Year
Antarktida Atka ko'rfazidagi pingvinlar
Foto: Stefan Christmann/Wildlife Photographer of the Year
Tulki bolasi Isroilning Yahudiya etaklarida sichqonchani kuzatmoqda
Foto: Ayala Fishaimer/Wildlife Photographer of the Year
Shotlandiya tog'laridagi quyonlar
Foto: Andy Parkinson/Wildlife Photographer of the Year
Bolqon toshbaqasi Isroilning Yizril vodiysida ninachi bilan o'ynamoqda
Foto: Tzahi Finkelstein/Wildlife Photographer of the YearKeniyada joylashgan Masai Maradagi sherlar
Foto: Mark Boyd/Wildlife Photographer of the Year
Avstraliyaning Robuk ko'rfazida Mudskipper o'z hududini qisqichbaqadan himoya qilmoqda
Foto: Ofer Levy/Wildlife Photographer of the Year
Efiopiya tog'laridag Gelada maymunlari
Foto: Marco Gaiotti/Wildlife Photographer of the Year
Beyl tog'lari milliy bog'idagi Efiopiya bo'risi
Foto: Axel Gomille/Wildlife Photographer of the Year
Indoneziyadagi "Tangkoko Batuangus" qo'riqxonasi chetidagi Celebes makaka
Foto: Claire Waring/Wildlife Photographer of the Year
Rim osmoni uzra parvoz qilayotgan starling qushlari
Foto: Daniel Dencescu/Wildlife Photographer of the Year
Norvegiya shimolidagi fyord suvlaridagi meduza
Foto: Audun Rikardsen/Wildlife Photographer of the Year

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты