Huawei 1
“Muxlislar turnir yakunlangach uylariga qaytishi shart” – AQSH vitse-prezidenti

AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vens futbol bo‘yicha 2026-yilgi jahon chempionati xususida fikrlarini bildirdi.

Jey Di Vens, jumladan, muxlislarning Amerikaga tashrifi xususida gapirdi.

“Biz muxlislarni mamlakatimizga kelishini, futbol festivalida bayram qilishlarini xohlaymiz. Muxlislar o‘z jamoalari o‘yinini stadiondan tomosha qilishini istaymiz. Ammo turnir yakunlangach, ular uyiga qaytishi shart. Aks holda ular ichki xavfsizlik vaziri Noem bilan gaplashishga majbur bo‘lishadi”, — degan AQS vitse-prezidenti.

AQSH transport vaziri Shon Daffi turnir paytida shaharlar orasidagi transport muammolari avtobuslar yordamida hal etilishini aytdi.

Ma‘lumot uchun, 2026-yilning 11-iyunidan 19-iyuliga qadar AQSH, Kanada va Meksikada Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51106 | Инструменты