Crocus City Hall’dagi teraktga aloqadorlikda gumon qilingan Tojikiston fuqarosi Lutfulloi Nazrimad hibsga olinishi ustidan shikoyat qildi. Bu haqda Moskvaning Basmanniy sudiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Sudga Lutfulloi Nazrimadni hibsga olish tarzidagi ehtiyot chorasi yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan shikoyat arizasi kelib tushgan, u 15-aprel kuni berilgan. Moskvaning Basmanniy sudi 28-mart kuni Nazrimodni ikki oyga hibsga olish to‘g‘risida qaror chiqargan.
Terakt ishidagi boshqa barcha ayblanuvchilar singari, u ham terrorchilik xurujida (Rossiya Jinoyat kodeksining 205-moddasi 3-qismi “b” bandi) ayblanmoqda. Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikinning aytishicha, Nazrimad “terakt ishtirokchilarini moliyalashtirish” sxemasida ishtirok etgan.