LG ko'zoynakni terlatmaydigan tibbiy niqob yaratdi

Janubiy Koreyaning LG Electronics kompaniyasi batareyadan quvvatlanadigan koronavirusga qarshi tibbiy niqob yaratildi. Innovatsiyaning e’tiborli jihati shundaki, unda nafas olish ancha oson, hamda yuzingizda ko’zoynak bo’lsa u terlamaydi.

PuriCare nomini olgan niqob yagona o’lchamda chiqadi, vazni esa ko’zoynak vazniga teng. Uskunada ikkita parrak va yuqori samarali filtr o’rnatilgan.

Innovatsiya yaratuvchilari bu kabi niqoblar pandemiya davrida insonlarning hayotini yengil qilishiga ishonmoqdalar.

Buyum quvvatlantiruvchi sim, hamda dezinfeksiyalovchi ultrabinafsha chiroqlari bilan birga sotiladi.

Sotuvlar to’rtinchi chorakda boshlanishi rejalashtirilgan. Niqobning narxi oshkor qilinmadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61306 | Инструменты