Ruslar Belarus, Xitoy, Qozog‘iston, Hindiston va Shimoliy Koreyani eng do‘stona davlatlar deb bilsa, Germaniya, Buyuk Britaniya, Ukraina, AQSH va Polsha eng dushman davlatlardir. Bu haqda 5 iyun, payshanba kuni Rossiya Federatsiyasi fuqarolari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovga tayanib, “Levada-sentr” tahliliy markazi maʼlum qildi.
Tahlilchilarning fikricha, 20 yillik kuzatuvlar davomida AQSH birinchi marta Rossiya Federatsiyasiga eng “dushman” davlatlar ro‘yxatida birinchi o‘rindan to‘rtinchi o‘ringa tushib ketdi. Germaniya birinchi marta antireyting yetakchisiga aylandi. So‘rov 2025 yilning may oyida o‘tkazilgan bo‘lib, uning natijalari rossiyaliklarning AQSH prezidenti Donald Tramp siyosati va Germaniya kansleri Fridrix Mersning Rossiya Federatsiyasi va uning Ukrainaga qarshi davom etayotgan urushi haqidagi pozitsiyasi haqidagi fikrlarini aks ettirishi mumkin. Shu tariqa, avvalroq Germaniya kansleri Berlin va Kiyev uzoq masofaga uchuvchi qurollarni birgalikda ishlab chiqarishini eʼlon qilgan edi.
Respondentlarning uchdan ikki qismi Rossiya va G‘arb davlatlari o‘rtasidagi munosabatlar doimo ishonchsizlik asosida bo‘lishiga ishonch bildirdi – bu butun kuzatuv davri uchun maksimal ko‘rsatkichdir, deya qayd etadi “Levada-sentr”. Shu bilan birga, respondentlarning mutlaq ko‘pchiligi – 80 foizi vaziyatni yumshatish tarafdori. Respondentlarning 14 foizi Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash kerak emas, deb hisoblaydi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60817 | Инструменты