Latviya mudofaa vaziri Adris Spruds Kiyevga uchuvchisiz samolyotlarning yangi partiyasi yuborilganini ma’lum qildi. U o'zining X ijtimoiy tarmog'ida "500 dan ortiq dronlardan iborat partiya Ukrainaga safarini boshlamoqda", deb yozdi.
Eslatib o'tamiz, Latviya bosh vaziri Evika Silina aprel oyida hukumat yaqinda Ukrainaga Latviyada ishlab chiqarilgan, qiymati 1 million yevro boʻlgan dronlarning birinchi partiyasini yuborishini aytgan edi.
Bahorda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Latviya prezidenti Edgars Rinkevich ikki tomonlama xavfsizlik shartnomasini imzoladi. Riga har yili Ukrainaga harbiy yordam uchun YaIMning 0,25 foizini ajratishga va'da berdi. Shartnoma muddati - 10 yil.
Alpha version: 0.9.1.19 build 70818 | Инструменты