Kriptovalyuta bozoridagi keskin pasayish AQSH prezidenti Donald Tramp oilasining biznesiga ham taʼsir ko‘rsatdi. Uning o‘g‘illari Erik Tramp va kichik Donald Tramp bilan bog‘liq loyihalar raqamli aktivlar bozoridagi keskin qulash fonida zarar ko‘rmoqda.
Maʼlumotlarga ko‘ra, bitkoin kursi 70 ming dollardan pastga tushib, 6 fevral kuni esa qisqa vaqtga 60 ming dollar atrofida savdo qilindi. Bu o‘tgan yil oktyabr oyida qayd etilgan tarixiy maksimumga nisbatan qariyb 45 foizga pasayishni anglatadi. Tahlilchilarning baholashicha, 29 yanvardan buyon kriptobozordan taxminan 470 milliard dollarlik aktivlar “yo‘qolib ketgan”.
Eng katta zararni World Liberty Financial kompaniyasi ko‘rdi. Ushbu kompaniyani Donald Trampning o‘g‘illari AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoffning o‘g‘li Zak Uitkoff bilan birgalikda boshqaradi. Donald Trampning o‘zi ham ushbu kompaniyada ulushga ega ekani aytiladi.
World Liberty Financial daromadining 75 foizini WLFI tokenini sotishdan oladi. O‘tgan yil oxiriga kelib, token savdosi kompaniyaga taxminan 1 milliard dollar daromad keltirgan. Yil boshidan buyon token narxi qariyb 31 foizga arzonlagan, kompaniya balansida qolayotgan qiymati 3 milliard dollardan ortiq tokenlar qiymati esa tez surʼatlarda kamaymoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20919 | Инструменты