Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining yangi hisobotiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha har olti kishidan biri yolg‘izlikdan aziyat chekmoqda.
Bu holat ularning salomatligiga salbiy taʼsir ko‘rsatib, erta o‘lim ko‘rsatkichlari ortishiga olib kelyapti.
Oqibatda xuddi shu muammo tufayli sayyoramizda soatiga qariyb 100 nafar, yiliga 871 ming nafardan ortiq kishi hayotdan ko‘z yummoqda. Shu bois JSST bu muammoga global epidemiya, deb taʼrif berdi.
Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, 13 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan aholi vakillaridan 17-21 foizi o‘zini yolg‘iz his qiladi. Eng yuqori ko‘rsatkichlar o‘smirlar orasida qayd etilyapti.
Past daromadli davlatlarda respondentlarning 24 foizi o‘zini yolg‘iz, deb hisoblaydi. Bu — yuqori daromadli mamlakatlarga nisbatan (11 foiz atrofida) ikki baravar yuqori ko‘rsatkich.
Shundan kelib chiqib, JSST barcha davlatlar, hamjamiyatlar va fuqarolarni ijtimoiy aloqalarni mustahkamlashga chaqirdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 70400 | Инструменты