Huawei 1
“Jasorat maktablari”ga o'quvchilarni qabul qilish tartibi belgilandi

“Jasorat maktablari”ga o'quvchilarni qabul qilish va o'quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish tartibi to'g'risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro'yxatidan o'tkazildi (ro'yxat raqami: 3636-son, 01.07.2025 y.)

Nizom “Jasorat maktablari”ga (Jasorat sinflari) o'quvchilarni qabul qilish va o'quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish tartibini belgilaydi.

Jasorat sinflariga o'quvchilar belgilangan yillik qabul kvotasi, ya'ni bitta sinfga 26 nafar o'quvchidan iborat tarzda 5-sinfdan boshlab qabul qilinadi.

Jasorat sinflarida o'qish muddati 7 yilni tashkil qiladi.

Jasorat sinflariga kirish uchun jismoniy tayyorgarlik hamda tegishli fanlar yo'nalishi bo'yicha test sinovlari iyul oyida o'tkaziladi.

Jasorat sinflarining 9-sinfini yakunlagan o'quvchilarga tayanch o'rta ta'lim to'g'risidagi shahodatnoma, 11-sinfini tamomlagan o'quvchilarga umumiy o'rta ta'lim to'g'risidagi shahodatnoma beriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70400 | Инструменты