Huawei 1
Jeyms Kukning afsonaviy Endeavour kemasi topildi

Avstraliya milliy dengiz muzeyi tadqiqotchi Jeyms Kukning birinchi va Avstraliyaning sharqiy qirg‘oqlariga yetib borgan Yevropaning birinchi kemasi mashhur Endeavour cho‘kib ketgan joyni tasdiqladi. Uzoq vaqt davomida uning halokati joyi bahsli edi.

26 yillik tarixiy va arxeologik tadqiqotlarga asoslangan yangi hisobotga ko‘ra, cho‘kib ketgan kema AQSH Rod-Aylend shtatidagi Nyuport bandargohining loyqa tubida joylashgan.

1768 yilda Endeavour Angliyadan Tinch okeani bo‘ylab kashshof sayohatga chiqdi. Ekspeditsiya davomida kema kapitani Jeyms Kuk «nomaʼlum janubiy yerlarni» hujjatlashtirmoqchi bo‘ldi. Natijada, u va uning ekipaji birinchi marta Yangi Zelandiya va Sharqiy Avstraliya qirg‘oqlarini xaritaga chizdi.

Britaniyaga qaytib kelgach, kema sotildi va nomi Lord Sandwich deb o‘zgartirildi. Keyinchalik u Amerika mustaqilligi urushida Britaniya qo‘shinlarini tashishda xizmat qildi va eskirgach, qamoqxonaga aylantirilgan. 1778 yilda fransuzlar Narragansett ko‘rfazini to‘sib qo‘yganida, u o‘nlab boshqa eski kemalar bilan birga ataylab cho‘ktirildi.

Uni izlash jarayoni 1999 yilda boshlandi va shundan beri dengiz arxeologlari bir necha kema qoldiqlarini topdi. 2022 yilda olimlar nihoyat haqiqiy Endeavour kemasini topdi, ammo baʼzi ekspertlar identifikatsiyani erta deb hisobladi. Dalillarni to‘plash va topilmalarini tasdiqlash uchun Avstraliya muzeyiga uch yil kerak bo‘ldi.

«Bu bizning loyiha bo‘yicha yakuniy bayonotimiz. Biz arxeologik guruh va 25 yildan ortiq vaqt davomida ishlagan ko‘plab mutaxassislarga o‘z minnatdorchiligimizni bildirmoqchimiz», dedi muzey direktori Daril Karp.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60818 | Инструменты