Yun Sok Yolni Seul markaziy tuman sudi isyonga rahbarlik qilishda aybdor deb topib, umrbod ozodlikdan mahrum qildi.
Sud xulosasiga ko‘ra, 2024 yil dekabrida mamlakatda harbiy holat joriy etilishi isyon sifatida baholangan. Ayblov tomoni unga nisbatan o‘lim jazosini so‘ragan (mamlakatda oliy jazo 1997 yildan beri amalda qo‘llanmagan).
Maʼlumotlarga ko‘ra, u parlament — Janubiy Koreya Milliy assambleyasi binosini qo‘shin va politsiya bilan o‘rab qo‘yish buyrug‘ini berganlikda ham ayblangan.
Sobiq prezident ayblovlarni rad etgan. Ish doirasida yana bir qator amaldorlar ham uzoq muddatli qamoq jazolariga hukm qilingan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21923 | Инструменты