Janubiy Koreya prezidenti vazifasini bajaruvchi bosh vazir Xan Dok Su iste’foga chiqdi, deb xabar beradi Yonhap agentligi. Bu Xan Dok Suga 3 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlariga nomzodini qo‘yish imkoniyatini beradi.
Janubiy koreyalik amaldor iste’foga oid qabul qilgan qarori to‘g‘risida Seulda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi. «Ushbu og‘ir davrda zimmamga olgan mas’uliyat zalvorini hisobga olgan holda, bunday qadam to‘g‘ri va muqarrar ekani haqida uzoq va yaxshilab o‘ylab ko‘rib, agar bu yagona yechim bo‘lsa, undan foydalanishim kerakligi to‘g‘risida qaror qildim», — deydi u.
4 aprel kuni Janubiy Koreya Konstitutsiyaviy sudi oldingi prezident Yun Sok Yolning impichmentini ma’qullagan edi. 14 aprel kuni u isyon tashkillashtirish ayblovi bilan sud qarshisida javob berdi. Bunga 2024 yil dekabr oyida mamlakatda harbiy holat joriy etilishi sabab bo‘ldi.
Hech bir partiya a’zosi bo‘lmagan Xan Dok Su mamlakat parlamentida ko‘pchilik o‘ringa ega Demokratik partiyaning potensial raqiblari orasida favorit hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, mart oxirlarida 2024 yil dekabrda Janubiy Koreya parlamenti tomonidan impichment e’lon qilingan Xan Dok Su mamlakat Konstitutsiyaviy sudi qarori bilan o‘z lavozimiga tiklangan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50203 | Инструменты