Huawei 1
Moliyaviy xavflarni aniqlash, baholash va boshqarish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (279-son, 29.04.2025 y.) bilan “Moliyaviy va boshqa xavflarni aniqlash, baholash va boshqarish tartibi to'g'risida” gi nizom tasdiqlandi. 

Nizom vazirlik va idoralar, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari (respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari) faoliyatidagi moliyaviy va boshqa xavflarni aniqlash, baholash va boshqarish tartibini belgilaydi.

Nizomga ko'ra, Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organida xavflar Xavflarni boshqarish qo'mitasi tomonidan boshqariladi.

Xavflar quyidagi tartibda baholanadi:

- xavf ta'sirini aniqlash;
- xavf ehtimolini aniqlash;
- xavf ta'siri va ehtimoli natijalarini o'zaro bir-biriga ko'paytirish orqali xavf darajasini hisoblash.

Xavf ta'sirini aniqlashda quyidagi omillarga belgilangan mezonlar asosida 1 - 3 ball beriladi:

- xavfni boshqarish bo'yicha tashkilot nazorati;

- tashkilotning ushbu xavf yuzaga kelishi mumkin bo'lgan funksiyasining avtomatlashgani;

- xavfning yuzaga kelishida normativ-huquqiy hujjatlardagi bo'shliqlarning mavjudligi.

Bunda 3 ball tegishli xavf ta'sirining eng yuqori darajasini va 1 ball eng past darajasini bildiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50202 | Инструменты